Qaşqadaryoda raqamli infratuzilmani rivojlantiriş va AT sohasini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi
2026-11-23 16:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirining Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida hududda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oşirilayotgan işlar, mavjud infratuzilma holati va kelgusidagi rejalar közdan keçirildi.
Dastlab vazir IT Park Qaşqadaryo viloyati filiali uçun ajratilgan bino bilan tanişdi. Bu yerda AT kompaniyalar faoliyatini yölga qöyiş, yoşlarning AT sohasidagi bilim va könikmalarini rivojlantiriş, şuningdek, hududda yangi loyihalarni amalga oşiriş uçun yaratiladigan şart-şaroitlar muhokama qilindi.
Şundan söng vazirlik tizimidagi taşkilotlar masʼullari tomonidan Qaşqadaryo viloyatida joriy yil davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan taqdimotlar ötkazildi. Xususan, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, mobil aloqa va internet qamrovini kengaytiriş, raqamli taʼlimni rivojlantiriş, IT xizmatlar eksportini oşiriş hamda boşqa ustuvor yönalişlardagi işlar va natijalar haqida maʼlumot berildi.
Taqdimotlar davomida erişilgan natijalar bilan bir qatorda, mavjud muammolar, ularni bartaraf etiş çoralari va kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar ham atrofliça körib çiqildi.
Muhokamalar yakunida vazir sohada amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini oşiriş, raqamli infratuzilmani yanada rivojlantiriş, aniqlangan muammolarni öz vaqtida hal etiş hamda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş böyiça masʼul taşkilotlar rahbarlariga aniq topşiriq va körsatmalar berdi.
Taşrif davomida hududda raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş, aholi va tadbirkorlik subyektlari uçun zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda IT sohasida yangi loyihalarni amalga oşiriş muhim vazifalardan biri ekani taʼkidlandi.



