“LexHackathon” huquqiy yeçimlar xakatoni ğoliblari aniqlandi
2026-11-23 15:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilning 22-noyabr kuni Toşkent davlat yuridik universitetida sunʼiy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida huquqiy yeçimlar işlab çiqişga qaratilgan “LexHackathon” xakatonining final bosqiçi bölib ötdi.
20–22-noyabr kunlari oflayn formatda taşkil etilgan tadbir Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, AKTRM, IT Park Uzbekistan, Toşkent davlat yuridik universiteti va AI Alliance hamkorligida, LexLab laboratoriyasi taşkilotçiligida ötkazildi.
Unda Özbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Taşkulov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov, shuningdek, yuristlar, dasturçilar, dizaynerlar va tadbirkorlardan iborat 50 dan ortiq jamoa iştirok etdi.
Vazirlar öz çiqişlarida huquq va davlat boşqaruvi sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yeçimlarini joriy etiş, yoşlarning innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş hamda istiqbolli startap loyihalarni rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi.
Final bosqiçiga saralab olingan jamoalar öz loyihalarini hakamlar hayʼatiga taqdim etib, huquqiy xizmatlarni raqamlaştiriş, huquqiy taʼlim va tarğibot jarayonlarida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş böyiça yeçimlarini namoyiş etdi.
Hakamlar hayʼati qaroriga köra, ğoliblar quyidagiça aniqlandi:
“Huquqiy xizmat körsatiş” yönalişi:
- 1-örin — “LawAttack” jamoasi;
- 2-örin — “Austrom” jamoasi;
- 3-örin — “New-Era” jamoasi.
“Huquqiy taʼlim va tarğibot” yönalişi:
- 1-örin — “FutureTeç” jamoasi;
- 2-örin — “Arasaka” jamoasi;
- 3-örin — “Middles” jamoasi.
Şuningdek, “Eng qiziqarli taqdimot” nominatsiyasida “Huquqiy xizmat körsatiş” yönalişi böyiça “Justina”, “Huquqiy taʼlim va tarğibot” yönalişi böyiça esa “Döppi X” jamoalari taqdirlandi.
Har ikki yönaliş böyiça ğolib jamoalar jami 250 million sömlik mukofot va moliyalaştiriş jamğarmasi hisobidan rağbatlantiriladi.
Uç kun davom etgan xakaton davomida taqdim etilgan loyihalar LegalTeç sohasidagi istiqbolli ğoyalar va yoş mutaxassislarning salohiyatini namoyon etdi. Uşbu yeçimlar kelgusida fuqarolarga huquqiy xizmatlarni yanada sodda, tezkor va qulay şaklda körsatiş, huquqiy bilimlarni keng ommaga tuşunarli tarzda yetkazişga xizmat qilişi kutilmoqda.
“LexHackathon” davlat organlari, IT sohasi vakillari va huquqşunoslar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, mamlakatimizda LegalTeç startaplarini rivojlantiriş uçun muhim platforma böldi.









