Farg‘ona shahrida nemis tiliga ixtisoslashgan “WEGWEISER” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishildi
2024-07-11 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida so‘nggi yillarda ijtimoiy hayotimizda, faoliyatimizda raqamli texnologiyalar katta o‘rin tutayotganligi, o‘z navbatida, bu sohada malakali kadrlarga talab ortayotgani va ushbu o‘quv markazi nafaqat ta’lim, balki IT yo‘nalishida yoshlarning tahsil olishlari uchun katta imkoniyat ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, markazda ta'lim olayotgan yoshlar bilan suhbatda chet tillarini yaxshi o‘zlashtirgan yoshlarimiz ishsiz qolmasligi, masofaviy xizmat ko‘rsatishga yetarli malakaga ega bo‘lishsa, shu yerning o‘zida bemalol yuqori daromad topishlari mumkinligi aytib o‘tildi.
“WEGWEISER” o‘quv markazi Farg‘ona viloyatida 3 yildan beri faoliyat olib bormoqda.
O‘quv markazi hozirgi kunga qadar 2 mingdan ziyod yoshlarga nemis tili o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda o‘quv markazda 300 nafardan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda.


